Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan öz tarafdorlari iştirokida ötkazilgan mitingda keçirim söradi, deb xabar berdi «Sputnik Armaniston».

Uning sözlariga köra, u hukumat rahbarligida bölganidan beri mustaqil Armanistonning 30 yillik tarixida sodir bölgani kabi «köplab xatolar» böldi.

«Gap bizning hukumatimiz haqida, şaxsan men haqimda», — dedi Paşinyan Yerevan markazida töplangan odamlar oldida qilgan çiqişida.

Paşinyan Armaniston fuqarolari, diasporasi va tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi aholisidan yöl qöygan xatolari uçun keçirim söradi. 

Yerevanda bir vaqtning özida Paşinyanning tarafdorlari va unga qarşilarning mitingi bölib ötmoqda.

Armanistonda Toğli Qoraboğdagi uruşda uçralgan mağlubiyatdan söng boşlangan siyosiy inqiroz 25 fevralda yangi kuç bilan avj oldi. Mamlakat qurolli kuçlari boş ştabi Nikol Paşinyanning iste'fosini talab qildi. Öz navbatida, boş vazir Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanga boş ştab boşliği Onik Gasparyanni iste'foga çiqarişni sörab taqdimnoma kiritdi. Biroq mamlakat prezidenti taqdimnomani imzolaşni rad etdi va tomonlarni murosaga çaqirdi.

Avvalroq Armaniston xavfsizlik kengaşi ham Gasparyanni lavozimidan böşatişga çaqirgandi.