Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi koronavirusga qarşi işlab çiqqan Covishield vaksinasi bilan emlanganini ma'lum qildi. Zelenskiyning ta'kidlaşiça, u boş qömondon sifatida harbiylar bilan birga emlangan.

Ukraina prezidenti 2020 yil noyabrda koronavirusni boşdan ötkazgandi. 

“Koronavirusga qarşi emlandim. Buni boş qömondon sifatida askarlarimiz bilan birga old safda amalga oşirdim. Vaksina bizga yana çeklovlarsiz yaşaş imkonini beradi”, deb yozgan Zelenskiy Twitter’da.

23 fevralda Ukrainada Oxford/AstraZeneca vaksinasi röyxatdan ötkazilgan va 24 fevraldan u bilan emlaş boşlangan. 2021 yil 1-2-çoraklarida Ukrainaga uşbu vaksinadan 2,2-3,7 mln doza yetkaziladi.