AKFA Universiteti 1 mart kunidan boshlab 2021-2022 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni boshladi.

Qabul jarayoni joriy yilda 1 martdan 20 avgust kuniga qadar davom etadi. Hujjatlar to‘liq onlayn shaklda qabul qilinadi.

Abituriyentlar quyidagi fakultetlarga hujjatlarini topshirishlari mumkin (kontrakt narxlari bir semestr uchun ko‘rsatilgan):

  • Pre-medicine fakulteti (21 mln so‘m);
  • Tibbiyot fakulteti (29 mln so‘m);
  • Farmakologiya fakulteti (21 mln so‘m);
  • Stomatologiya fakulteti (21 mln so‘m);
  • Hamshiralik ishi fakulteti (10 mln so‘m);
  • Buxgalteriya va moliya fakulteti (14,5 mln so‘m);
  • Iqtisodiyot bo‘limi (13,5 mln so‘m);
  • Amaliy matematika fakulteti (12 mln so‘m);
  • Ingliz tili fakulteti (12 mln so‘m);
  • Qurilish fakulteti (13,5 mln so‘m);
  • Arxitektura va dizayn fakulteti (13,5 mln so‘m);
  • Kompyuter muhandisligi fakulteti (13,5 mln so‘m);
  • Dasturiy ta’minot muhandisligi fakulteti (13,5 mln so‘m).

Abituriyentlar 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishi mumkin: akfauniversity.org/admission-2021-2022

Kirish imtihonlari 7 aprel, 7 may, 7 iyun, 7 iyul va 25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Grant o‘rinlariga imtihon 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Onlayn arizani to‘ldirish jarayonida quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi talab etiladi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
  • o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi hujjat (shahodatnoma yoki diplom);
  • 3,5×4,5 fotosurat;
  • IELTS (fakultetga qarab kamida 5.0 yoki 5.5 ball) yoki uning TOEFL yoki Duolingo English Test ekvivalenti.