Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «Navoiy viloyati Nurota tumani Ğozğon şaharçasini Ğozğon şahri etib özgartiriş, Ğozğonni viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritiş hamda Navoiy viloyati Nurota tumani çegaralarini özgartiriş töğrisida» 2019 yil 3 maydagi (!) SQ-419-III-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati böysunuvidagi Ğozğon şahri taşkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 743-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, Tuman koeffitsiyentlari, şuningdek, yillik qöşimça ta'tilning eng kam muddati qöllanadigan tabiiy-iqlim şaroitlari oğir va noqulay bölgan joylar röyxati tasdiqlangan. Mazkur röyxatga Navoiy viloyatining barça tuman va şaharlari (Ğozğondan taşqari) kiritilgan.

Unga köra, Navoiy viloyatida işlovçi xodimlar iş haqiga tuman koeffitsiyentlari böyiça tegişli miqdorlarda ustama va qöşimça mehnat ta'tili kunlari belgilangan.
Masalaning ahamiyatli jihati şundaki, Ğozğon şahri mehnatkaşlariga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Navoiy viloyati tarkibida Ğozğon şahar hokimligini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 584-son qarori qabul qilinguniga qadar Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 20 apreldagi 200-sonli qaroriga asosan tuman koeffitsiyenti böyiça ustamalari tölab kelingan.
Navoiy viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hozirda uşbu holat yuzasidan Navoiy viloyat ma'muriy sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga hukumatning tegişli qaroriga qöşimça kiritiş haqida taklif yuborilgan.
Kun.uz Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasidan Ğozğon şahrida işlovçi xodimlarning manfaatlarini nazarda tutuvçi hujjat loyihasini tayyorlaş va hukumatga kiritişda taşabbus körsatilişini sörab qoladi.
Dilşod Abduqodirov












