
«Mamlakatning yirik şaharlari Tyananmen maydoniga aylandi», deya yozgan tvitterda Yangon şahri arxiyepiskopi, kardinal Çarlz Maung Bo. U mamlakatda bölib ötayotgan voqealarni 1989 yilda Pekinda talabalarning isyoni qattiqqöllik bilan bostirilganiga qiyoslagan.
BMT boş kotibining Myanma böyiça maxsus vakili Kristin Şraner-Burgener çorşanba kunini mamlakatda fevral oyidan buyon kuzatilgan «eng qonli kun» deb atadi.
Kuzatuvçilar, namoyişçilar va jurnalistlar politsiyaçilarning xatti-harakatlari Janubiy-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) vakillari harbiylar bilan ötkazgan muzokaralardan keyin yanada tajovuzkor bölib qolganini qayd etişmoqda. Seşanba kungi videoaloqa orqali ötkazilgan uçraşuvda Myanmaning yangi tayinlangan harbiy vaziri qatnaşgan. Harbiylar ta'siridagi telekanallar xabarlarida «u mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça fikr almaşgani» aytilgan.
ASeAN diplomatlari bir ovozdan Myanmaning harbiy hukumatini namoyişçilarni otişni töxtatişga çaqirişgandi, ammo barça ham mamlakatning fuqarolik davri hukumati rahbarlari, şu jumladan, «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi rahbari Aung San Suu Ki va prezident Vin Minni ozod etiş talabi böyiça yakdil bölişmagan. Reuters xabariga köra, ASeAN a'zolaridan faqat tört davlat - Indoneziya, Malayziya, Filippin va Singapur ularni ozod qiliş va demokratik yöl bilan saylangan parlamentni qaytariş talabini qöyişgan.

An'anaga köra, mintaqaviy guruhning 10 a'zo davlati bir-birining içki işlariga aralaşmaydi. Yiğiliş yakunlari böyiça bayonot 2021 yilda taşkilotga raislik qilayotgan Bruney vakili tomonidan berildi, unda generallar zöravonlikni töxtatiş va tinçlikka erişiş uçun muzokaralar boşlaşga çaqirilgan. Bu taşkilot a'zolarining qöşma bayonoti bölgan.
Fuqarolik böysunmaslik harakati tomonidan uyuştirilgan namoyişlar Myanmaning köplab şaharlarida ötkazib kelinmoqda. BBC’ning Janubiy-Şarqiy Osiyo böyiça korrespondenti ma'lumotlariga köra, çorşanba kuni Mandalay va Monivada öldirilganlarning aksarining boşidan otilgan, bu esa harbiylar namoyişçilarni nişonga olib otayotganidan darak beradi.

Şu kuni mamlakatning eng yirik şahri Yangonda politsiya tumanlardan birining aholisini yiğib, ularni safga tizib, qöllarini boşga qöygan holda yuk maşinalariga çiqarişgan va olib ketişgan. Mingyan şahridagi namoyişçilardan biri Reuters agentligiga aytişiça, politsiya avvaliga közdan yoş sizdiruvçi gaz va şovqinli granatalar qöllagan, keyin esa jangovar öqlar ota boşlagan.












