Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida 40 kVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Koreya Respublikasi Energetika agentligining beğaraz mablağlari hisobiga Yuqori Çirçiq tumanidagi “Nuri zamin” MFY hududida kiçik quyoş elektr stansiyasi qurilişi boşlangan edi.

Bugun, 5 mart kuni Özbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligi doirasida barpo etilgan 40 kVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirildi.

Foto: Energetika vazirligi
Foto: Energetika vazirligi

Qayd etilişiça, uşbu stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.

Ma'lumot uçun, joriy yil oxiriga qadar 2ta 100 mVt quvvatli yirik quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşiriladi.