Tadbirda sözga çiqqan Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev ta'lim sifatini ta'minlaş maqsadida ötkaziladigan jarayonlarda korrupsiyaning oldini oliş böyiça amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi rejalar haqida ma'lumot berdi.
Uluğbek Toşkenboyevga köra, «Oliy ta'lim tizimida korrupsiyasiz soha» loyihasi doirasida OTMlarda mingdan ziyod profilaktik tadbirlar ötkazilgan bölib, talabalar fikri ijtimoiy sörovnomalar asosida muntazam örganilgan hamda 340 nafar xodimning korrupsiyaga moyillik holati böyiça intizomiy çoralar körilgan.
Ta'lim inspeksiyasi boşliği OTMlar reytingini aniqlaş jarayonida yuqori bosqiç talabalari örtasida ötkazilgan sörovnomalar va ularning natijalari haqida ham ma'lumot berib ötgan.
Ma'lum qilinişiça, respublika böyiça reytingda qatnaşayotgan 57ta oliy ta'lim muassasasining 6 658 nafar yuqori kurs talabasi sörovnomada iştirok etgan.
«Reytingda qatnaşayotgan 57ta OTMning 6 658 nafar talabasi sörovnomada iştirok etgan. «Biror öqituvçi talabani adolatsiz baholasa, bu quyidagiça namoyon böladi», degan fikrga talabalarning 15,3 foizi «javob berişga qiynalaman», 13,6 foizi «taniş-bilişçilik aralaşadi», 7,5 «ta'limga xos bölmagan topşiriqlar berişadi», 5,5 foizi «şaxsiy manfaat, tamagirlik ham yöq emas», deb javob bergan.
Şuningdek, «Zamonaviy bilim oliş uçun tösqinlik qilayotgan asosiy omillar nimalar», degan savolga talabalarning 8,3 foizi «ta'limda mahalliyçilik, uruğ-aymoqçilikning borligi», 20,9 foizi «ta'limdagi korrupsiya», deb javob bergan», deya sörovnomalar natijalarini ma'lum qildi Ta'lim inspeksiyasi boşliği.
















