Keng jamoatçilikda vaksina özi nima ekani, u qanday işlaşi, ommaviy emlaş jarayoni qay tartibda olib borilişi töğrisida tölaqonli axborot beriş maqsadida SSV matbuot xizmati turkum suhbatlar uyuştirmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov javob berdi.

— Vaksinalar qanday işlaydi?

— Vaksina — bu mikrobning (virus yoki bakteriyalarning) zaiflaşgan, zararsiz bölagi bölib, tanangizning tabiiy immuniteti bilan birgalikda kasallik yuqişi xavfini kamaytiradi. Vaksina tanangizga yuborilgandan keyin immunitet tizimingiz tanaga kirgan mikrobni aniqlaydi va bu mikrobga qarşi kuraşiş uçun antitanaçalar işlab çiqarib, u bilan qanday kuraşiş kerakligini eslab qoladi.

Agar kelgusida uşbu mikrob ta'siriga yana duç kelsangiz, immunitet tizimingiz uni qanday yöq qilişini biladi, siz kasal bölmaysiz.

Şunday qilib, vaksina tanada kasallikka qarşi immunitetni işlab çiqişga kömak beruvçi xavfsiz va samarali vosita sanaladi. Kasallik paydo bölganidan keyin uni davolaşdan köra, emlaş orqali kasalliklarning oldini oliş maqsadga muvofiq.

— Vaksinalar uzoq muddatli himoyani kafolatlay oladimi?

— Bu savolga javob beriş uçun qöşimça tadqiqotlar ötkazilişi talab etiladi. Mavjud ma'lumotlarga köra, COVID-19 virusidan tuzalgan odamlarning aksariyatida immunitet şakllanadi. Uning davomiyligi qança muddat saqlanib turişini vaqt körsatadi.

— COVID-19'ni yuqtiriş oqibatida şakllangan immunitet kuçlimi yoki unga qarşi emlangandan keyin hosil bölgan immunitetmi?

— Insonda infeksiya yuqişi natijasida hosil bölgan “tabiiy immunitet”ning şakllanişi organizmning öziga xos xususiyatlariga boğliq. Uşbu virus insoniyat uçun yangi bölgani sababli, bu savolning aniq javobini hali bilmaymiz. Mavjud ma'lumotlarga köra, COVID -19’ni yuqtirib oliş natijasida hosil bölgan immunitet 90 kun davomida qayta kasallanişdan saqlaydi.

COVID-19 vaksinalarining real hayotda qanday ta'sir qilişi haqida ayni paytda barça xalqaro ilmiy-tekşiriş institutlari va nufuzli vaksina işlab çiqaruvçi kompaniyalarda izlanişlar olib borilmoqda. Emlaşdan keyingi immunitet davomiyligi haqida bir narsani aniq ayta olamiz, barça tadqiqotçilar tomonidan uşbu vaksinalar qabul qilingandan keyin töliq bir yil davomida kasallikka qarşi immunitet hosil qilişi ta'kidlanmoqda.