Pensiya jamğarmasining eslatişiça, «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonunning 37-moddasida iş stajiga qöşib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sifatida quyidagilar körsatilgan:

  • xodimning 2019 yil 1 yanvargaça bölgan davrda davlat tomonidan ijtimoiy suğurtalangan holda bajargan har qanday işi uçun Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari tölagan taqdirda, 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun xodim tomonidan bajarilgan har qanday iş, agar mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlar hisoblangan bölsa;
  • harbiy xizmat, partizan otryadlari va qöşilmalarida, davlat xavfsizligi organlari va içki işlar organlarida xizmat qilgan bölsa;
  • idoraviy böysunuvidan qat'i nazar, harbiylaştirilgan soqçilikdagi, maxsus aloqa organlari va toğ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmati uçun;
  • yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, şu jumladan, şaxsiy yordamçi xöjalikdagi va yuridik şaxs taşkil etilmagan holdagi dehqon xöjaligidagi faoliyati uçun. Bunda 2019 yil 1 yanvarga qadar bölgan davr uçun Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari hamda 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun yagona ijtimoiy tölov tölangan bölişi kerak.

Jamğarma ma'lumotiga köra, iş stajiga qöşib hisoblanadigan mehnat faoliyatiga 1965 yildan keyingi davr uçun jamoa xöjaligidagi iş stajini hisoblab çiqarişda, agar jamoa xöjaligi a'zosi uzrsiz sabablarga köra jamoa xöjaligida belgilangan mehnatda iştirok etiş minimumini bajarmagan bölsa, işlangan vaqtning amalda davom etgan davri ham hisobga olinadi.

Ijodiy faoliyat bilan maşğul xodimlarning iş staji, başarti ular Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari tölagan bölsalar, ijodiy uyuşmalarning boşqaruvlari ana şu muallifning asari e'lon qilingan yoki birinçi marta jamoat oldida ijro yoki namoyiş etilgan kundan e'tiboran belgilanadi.

Şuningdek, pensiya tayinlaş uçun yetarliça iş stajiga ega bölmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi qonunning 17-moddasiga muvofiq bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlaş uçun yetarliça iş stajiga ega bölmagan boquvçisini yöqotgan oila a'zolariga pensiya boquvçining bor stajiga mutanosib ravişdagi (17-modda) miqdorda tayinlanadi.

Iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda quyidagiça tayinlanadi: