Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasi 2022 yilda uçar taksi xizmatini yölga qöyişni maqsad qilgan, deb ma'lum qildi AirAsia Group Berhad guruhi asosçisi va boş direktori Toni Fernandes.

Fernandesning sözlariga köra, yangi servis taxminan bir yarim yildan keyin yölga qöyiladi. Uçar taksilarda törttadan kam örin bölmaydi, ular kvadrokopter kabi harakatlanadi, dedi u.

U yangi servisni işga tuşiriş uçun qança xarajat qilinişi va yölkira haqi neça pul bölişi töğrisida ma'lumot bermadi. Fernandes şuningdek, uçar maşinalarni kim yetkazib berişiga ham aniqlik kiritmadi.

AirAsia 2020 yilda mijozlariga bir neça oy davomida istaganiça sayohat qiliş imkonini beruvçi «çeksiz çipta»larni taklif qilgandi. Aviakompaniya boş direktori Karen Çanning aytişiça, narxi 100 dollarlik 200 mingdan ortiq ana şunday çiptalar sotilgan.

Turli mamlakatlardagi qator kompaniyalar uçar avtomobillar prototiplarini işlab çiqqan. Airbus 2018 yilda Alpha One samolyot-taksisi sinovlarini ötkazgan. Germaniyaning Lilium startapi 36ta elektrodvigatel örnatilgan öz prototipini namoyiş etgan bölsa, 2018 yilda Rolls-Royce, 2019 yilda Volocopter startapi uçar maşina prototipini taqdim etgan.