Özbekiston TIV rahbari marosimda nutq sözlab, konsulxonaning oçilişining ikki davlat munosabatlaridagi muhim ahamiyati haqida gapirdi.

«Turkiya Samarqand şahrida öz Boş konsulxonasini birinçilardan bölib oçmoqda. Uşbu voqea bir neça nuqtayi nazardan muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinçidan, Turkiyaning Özbekistonda ham elçixonasi, ham Boş konsulxonasi mavjudligi ikki tomonlama munosabatlarimiz öziga xos yuqori poğonaga çiqqanidan dalolat beradi.

Uşbu diplomatik vakolatxona aynan 2021 yilda oçilişida ham alohida ma'no bor - bu Özbekiston davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga öziga xos ramziy tuhfa, deb öylayman.

Ikkinçidan, Turkiyaning Samarqanddagi Boş konsulxonasi madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va hududlararo aloqalar rivojlanişiga ijobiy turtki beradi.

2018 yilda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixida ilk marta «Istanbul-Samarqand» yönalişida aviaparvozlar joriy etilgan edi. Pandemiya sababli qöyilgan çeklovlar doirasida vaqtinça töxtatilgan bu qatnov yaqin muddatlarda qaytadan oçiladi.

Turkiyada buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek va boşqa ulamolarga bölgan qiziqiş katta, bu qardoş mamlakatdan Samarqandga ziyorat bilan keladigan sayyohlar oqimi ortib bormoqda.

Uçinçidan, Samarqandda Turkiya sarmoyasi iştirokida oçilayotgan kompaniyalarning soni tobora oşib bormoqda. Misol uçun, birgina Samarqand viloyatining özida hozirgi kunda 100dan ziyod qöşma korxonalar röyxatdan ötgan.

Qöşni viloyatlar bilan hisoblaganda Turkiya kapitali iştirokida taşkil etilgan şirkatlarning soni 300dan köproq körsatkiçni taşkil etmoqda. Şu tufayli tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini rivojlantiriş yönalişida ham Boş konsulxona muhim faoliyat körsatadi», degan vazir.

U  Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlari boşçiligida sönggi 4 yilda misli körilmagan tarzda mustahkamlanib, sifat jihatidan mutlaqo yangi poğonaga - strategik şeriklik darajasiga kötarilganini qayd etgan.

«Bugungi kunda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor sohalardagi köp qirrali hamkorligimiz jadallik bilan taraqqiy etmoqda.