6 mart kuni Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga keldi.
«Dunyo» agentligi xabariga köra, Urganç aeroportida mehmonni Özbekiston Boş vazirining örinbosari, turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va boşqa rasmiylar kutib oldi.
Turkiya delegatsiyasi 6-9 mart kunlari Özbekistonga taşrifi davomida ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari rahbarlari raisligidagi Strategiyani rejalaştiriş guruhining ikkinçi yiğilişida iştirok etadi.
Şuningdek, taşrif dasturida Xiva va Buxoro şaharlarini ziyorat qiliş, Turkiyaning Samarqand şahridagi Boş konsulxonasining oçiliş marosimida iştirok etiş, Taşqi işlar vazirligi, boşqa vazirlik va idoralarda uçraşuvlar va muzokaralar ötkaziş közda tutilgan.











