58 yoşli funksioner saylovlarda 54,28 foiz ovoz bilan birinçi örinni egalladi. U Viktor Font (29,29 foiz) va Toni Freyşani (8,58 foiz) ortda qoldirdi.

Ma'lumot uçun, Laporta Kataloniya klubi prezidentligi uçun saylovlarda 4-bor qatnaşdi. U 2003 va 2006 yilgi saylovlarda ğalaba qozongan, 2015 yili esa Jozep Bartomeuga yutqazgan edi. U 2003 yildan 2010 yilgaça jamoani boşqargan va uşbu davrda «kök-anorranglilar» 4 bor La Ligada, 2 marta Çempionlar Ligasida zafar quçişgan. Umumiy hisobda 12ta sovrin qölga kiritilgan. Jamoa 2009 yili özi iştirok etgan barça 6 turnirda ğolib bölib, rekord örnatgan.

Şu tariqa Laporta 2020 yil oktabr oyida iste'foga çiqarilgan Bartomeuning örnini egalladi va endi klubga 2027 yilgaça rahbarlik qiladigan böldi.