Estoniyada 11 martdan boşlab koronavirus tarqalişiga qarşi qat'iy karantin çoralari amal qila boşlaydi. Hukumatda xabar qilinişiça, lokdaun kamida bir oyga kiritiladi va bu mamlakatda koronavirusning britança ştammi tez tarqalayotgani bilan boğlangan.
        
“Oxirgi ma'lumotlarning körsatişiça, virusning tajovuzkorroq britança ştammi Estoniyada prognoz qilingandan jadalroq tarqalmoqda. Soğliqni saqlaş tizimimiz inqiroz holatida”, deb aytgan Estoniya boş vaziri Kaya Kallas. Uning ta'kidlaşiça, vaziyat butun mamlakat böylab, ayniqsa poytaxt Tallin va şimolda keskin tus olgan. Kallasning fikriça, faqat çeklovlargina inqirozdan çiqişga yordam beradi.

Lokdaun doirasida barça yoşdagi öquvçilar masofadan öqişga ötkaziladi. Dökonlar, tamaddixonalar yopiladi, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi. Köçalarda “2+2” qoidasi örnatiladi: bunda 2 kişi (bir oila a'zolaridan taşqari) qolgan odamlardan 2 metr masofa saqlagan holda yonma-yon böla olişi mumkin. Sport bilan faqatgina yakka holda şuğullanişga ruxsat beriladi.

Estoniyada 1-7 mart kunlari pandemiya boşidan beri eng yuqori haftalik kasallaniş darajasi qayd etildi. Mamlakatda bir hafta içida 9,4 mingdan köproq kişi virusga çalingan. Kasallanganlar soni umumiy hisobda 76,2 mingdan oşib ketgan.