Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy Oyda stansiya qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Fevralda Xitoyning "Tyanven-1" zondi Mars orbitasiga chiqqandi.
Rossiya va Xitoy Oyda xalqaro tadqiqot stansiyasini qurishda hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda «Roskosmos» xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, memorandum videokonferensiya rejimida «Roskosmos» bosh direktori Dmitriy Rogozin va Xitoy milliy kosmik korporatsiyasi rahbari Chjan Ketszyan tomonidan imzolangan.
Rossiya va Xitoy ushbu loyiha doirasida oy stansiyasini qurish rejasini ishlab chiqadi. Shuningdek, stansiyani qurish loyihasini rejalashtirish, ishlab chiqish, amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qiladi.
Fevralda Xitoyning "Tyanven-1" zondi Mars orbitasiga chiqqandi.
Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topish hamda uning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o‘rganish. Marsoxod uch oy davomida sayyorani o‘rganadi, suratga oladi va Mars xaritasini tuzishga yordam beradi.
Xitoy ilgari ham Marsni zabt etishga urinib ko‘rgandi. 2011 yilda Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatsiz startdan keyin to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026