Reytingga köra, 2 mln unsiya yoki qariyb 57 tonna oltin qazib olingan «Muruntov» koni birinçi örindan joy oldi. Uşbu kon Navoiy viloyatida joylaşgan.

 Mutaxassislarning baholaşlariça, kondagi oltin zaxiralari 150 mln unsiyadan oşadi. Konning uzunligi 3,3 km, eni 2,5 km va çuqurligi qariyb 600 metrni taşkil etadi.

«Muruntov 150 million unsiyadan ortiq zaxirasi bilan yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik oltin koni maqomini saqlab qoladi», - deyiladi xabarda.

 Muruntov koni 1958 yilda sovet geofiziklari Yuriy Mordvinsev va Pyotr Xramişkinlar tomonidan oçilgan. 1969 yildan bu yerda sanoat usulida oltin qazib oliş boşlangan.

Reytingda keyingi örinlarda AQŞdagi «Karlin» va Rossiyadagi «Olimpiada» konlari joylaşgan.