Apple kompaniyasi kutilmaganda iOS 14.4.1 yangilanişini çiqardi va foydalanuvçilarga uni zudlik bilan örnatişni tavsiya qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Naşrning yozişiça, bu yangilaniş xavfsizlikni optimizatsiya qiliş hamda boşqa qator muammolarni bartaraf qiliş bilan boğliq. 

Qayd etilişiça, WebKit’dagi CVE-2021-1844 zaif nuqta özgarişlarga olib kelişi va maxsus kodning bajarilişiga sabab bölişi mumkin.

Microsoft browser vulnerability research mutaxassislarining sözlariga köra, bu hakerlarga foydalanuvçilarning qurilmalariga zararli kontentlarni joylaş imkonini beradi.

Kompaniya smartfonlar operatsion tizimini imkon boriça tezroq iOS 14.4.1 versiyasiga yangilaşni maslahat bermoqda.