Köp funksiyali Nest One majmuasi unda istiqomat qiluvçi aholi va taşrif buyurgan mehmonlar uçun imkon qadar köproq qulaylik va hotirjamlikni ta'minlaş maqsadida, tijorat va turar joy binolarida xavfsizlik tizimini taşkil etişga alohida e'tibor qaratadi.
Loyiha bilan batafsilroq tanişiş, bino inşootlari, xavfsizlik tizimlarining işonçliligini xolisona baholaş va eng yaxşi mutaxassislar bilan tajriba almaşiş uçun Nest One Özbekiston Arxitektorlari ittifoqi a'zolaridan iborat bölgan mutaxassislar guruhini taklif qildi.

Loyiha Arxitektorlar ittifoqi a'zolariga taqdim etildi, şuningdek, Nest One loyihasi asosçilari Murad Nazarov (Murad Buildings), Ozgur Onur Ozgyuven (Özgüven) va quriliş boş me'mori Adem Dinçarslan şaxsan özlari barça savollarga javob berdilar.
Mazkur konferensiya, Nest One loyihasining taqdimoti bilan boşlandi, unda mutaxassislarga majmuaning afzalliklari, funksional imkoniyatlari va boş rejasi batafsil namoyiş etildi hamda tavsiflandi. Şuningdek, me'morlar qoziqlar rejasi, yer osti qavatlari va bino tuzilişi, avariyadan himoya qiliş tizimlari, binolarning yonğin xavfsizlik çoralari, inşootning seysmik bardoşliligi texnologiyalari, energiyani samarali va uzluksiz iste'mol qiliş tizimlari hamda qurilişning boşqa arxitektura-texnik jihatlari bilan tanişdilar.

Söng mehmonlarga quriliş maydonçasi bilan tanişiş uçun ekskursiya uyuştirildi, unda quruvçilarning işi töğridan töğri amalda namoyiş etildi.

Ekskursiya yakuniga yetgandan söng panel muhokamasi boşlandi, unda Arxitektorlar ittifoqi a'zolari taqdimot paytida yuzaga kelgan barça savollarga javob oldilar. Mutaxassislarni nafaqat yonğin xavfsizligi tizimi, balki osmonöpar binoning seysmik bardoşliligini ta'minlaş masalasi ham qiziqtirdi.

«Biz seysmik hududda yaşayotganimiz sababli, seysmik bardoşlilik masalasi meni xavotirga soldi. Bugungi kunda bu barça seysmik standartlarga javob beradigan yer osti qoziqlar bilan qurilgan kam sonli binolardan biri bölib sanaladi. Hamkasabalar bilan suhbat davomida men Nest One osmonöpar binosidan foydalaniş muddati neça yil ekanligi bilan qiziqiş bildirganimda, ular kamida 100 yil deb javob berdilar. Şaxsan men bunday mustahkam tuzilma 300 yildan ortiq turişi mumkinligiga işonaman. Biz uçun bu taraqqiyot, biz tom ma'noda yuqoriga qarab ösişni boşlayapmiz», - dedi Memorial Architectural Project loyihasi rahbari Mirodil Jamolov.


















