Özbekiston Sudyalar oliy kengaşi Kun.uz’da e'lon qilingan “Tanqiddan söng. Oliy sud Jizzax quyi sudlaridagi mantiqsizlikka çek qöydi. Ammo... ” nomli maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Kengaş matbuot xizmati qayd etişiça, quyi sud hujjatlarining qonuniy, asosli va adolatliligiga faqat yuqori instansiya cudi tomonidan baho beriladi. Şuningdek, R.Ahatovning da'vo arizasi yuzasidan çiqarilgan sud qarorlari hozirda kuçda ekani, unga faqat Oliy sud huquqiy baho beriş vakolatiga egaligi, mavjud holatdan kelib çiqib, nizo Oliy sudda körib çiqilganidan keyingina uning natijasiga qarab Sudyalar oliy kengaşi işni körib çiqqan sudya(lar)ning xatti-harakatlari masalasida öz nuqtayi nazarini bildirişi mumkin.

Kengaş munosabatida maqola muallifining: “...qaror qabul qilişda qöpol xatolarga yöl qöygan sudyalar bilan Sudyalar oliy kengaşi qandaydir tuşuntirişlar olib boradimi? Bu haqda jamoatçilikka hisob beradimi?” mazmunidagi savollariga ham töxtab ötilgan.

Ma'lum qilinişiça, Sudyalar oliy kengaşi qaror qabul qilişda qöpol xatolarga yöl qöygan, şuningdek odob-axloq kodeksini buzgan sudyalar bilan tegişli tartibda iş olib bormoqda va bu haqda  jamoatçilikka muntazam axborot berib kelmoqda.

Munosabatda 2021 yilda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan xabarlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Bundan taşqari, Sudyalar oliy kengaşining tahririyatga yöllagan munosabatida 2020 yilda sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oşirişda qonun talablarini qöpol ravişda buzgan 12 nafar sudya tizimdan çetlatilgani (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan), 2021 yilning ötgan davrida Sudyalar oliy kengaşi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllaşga ruxsat berilgani, bir nafar sudya vakolati muddatidan avval tugatilgani aytilgan.