PillCam (tabletka-kamera) deb nomlangan mitti qurilma ikki santimetrli kapsula hamda videokamera va uzatkiçdan iborat bölib, içaklar tasvirini bemor beliga taqib olgan belboqqa qadalgan priyomnikka uzatadi.

Undan London universitet kolleji (nafaqat Britaniya, balki dunyoning eng yaxşi va qimmat oliy öquv yurtlaridan biri – tahr.) va Şotlandiyaning bir neça tibbiyot muassasalarida foydalanişmoqda. Hozir sinovlarda Angliyaning 40 hududidan 11 ming patsiyent qatnaşmoqda. Kapsula tanada 5-8 soat qoladi va axlat bilan birga çiqib ketadi.

Jarayon mutlaqo zararsiz va oğriqsiz. Saraton ösmalaridan taşqari kapsula boşqa kasalliklar, jumladan, Kron kasalligini aniqlaşda ham qöl keladi.

Yangi usulga «kapsulali endoskopiya» deb nom berildi. Hozirça endoskopiya klinik şaroitlarda oğriqsizlantirib olib borilmoqda.

Kapsulali endoskopiyadan oldin an'anaviy endoskopiya kabi oşqozonni surgi dori bilan tozalaş, şuningdek, tibbiyot muassasasiga ikki marta boriş kerak – qurilmani oliş va uni tasvirlar bilan qaytarib beriş uçun.

«Ilmiy fantastika reallikka aylanmoqda. Mitti kamera inson tanasida harakatlanadi va soniyasiga ikkita tasvir oladi», deydi Angliya Soğliqni saqlaş milliy xizmati rahbari Saymon Stivens.

«Tibbiyot kelajagi uyga yaqinroq böladi. Soğliqni saqlaş milliy xizmati uzoqni şunday köryapti. Texnologiyalar rivojlana borişi bilan tekşiruvlar köproq uyda qilinadigan bölaveradi», deydi Qirollik şifokorlar jamiyati prezidenti Endryu Goddard.

Koronavirus pandemiyasi tendensiyani tezlaştirib yubordi

Soğliqni saqlaş milliy xizmati onkologiya departamenti direktori, professor Piter Jonsonning aytişiça, şifokorlar koronavirus tufayli klinik tekşiruvlar kamaygani bois saratonga çaliniş köpayib ketişidan çöçişmoqda.

Britaniyalik taniqli onkolog professor Martin Marşall yangi metod sinovi natijalarini intiqlik bilan kutayotganini ma'lum qilgan. «Köplab insonlar invaziv taşxislaşdan qoçişadi, kapsulali kolonoskopiya jarayonni noqulayliksiz amalga oşiriş imkonini beradi», deydi u.

Britaniyada içak ösmasi saratonning ölim bilan yakunlanuvçi turlari orasida ikkinçi örinda turadi – yiliga örtaça 16600 ölim. Onkologik kasalliklarda erta taşxis qöyiş juda ham muhim.