Xitoyning Şenyan şahridagi tibbiyot universiteti olimlari piyoz va sarimsoqni iste'mol qiliş içak saratoni rivojlanişi xavfini sezilarli kamaytirişini aniqlaşdi. Bu haqda Asia Pacific Journal of Clinical Oncology naşrida çop etilgan tadqiqotda ma'lum qilingan.
Tadqiqotda 1,6 mingdan köproq erkak va ayol iştirok etgan. Aniqlanişiça, piyoz va sarimsoqni muntazam iste'mol qilganlarda içak saratoni rivojlanişi xavfi örtaça 79 foiz past bölgan. Olimlarning aytişiça, piyozdagi biologik faol birikmalar şuningdek kökrak bezi va prostata saratonidan himoyalaydi.
Mutaxassislarning aytişiça, piyozni xomligiça tanovul qiliş lozim, çunki qayta işlangan piyozda zarur kimyoviy moddalar juda oz qoladi.

















