«Özgidromet» xabariga köra, Qoraqalpoğistonda ba'zi joylarda qor yoğdi, şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi kuzatildi, ayrim joylarda şamol kuçayişi 23-28 m/s gaça yetdi. Havo harorati bugun kunduz kuni 2-7 daraja iliqdan oşmaydi.

Özbekistonning qolgan hududlarida bahoriy iliq ob-havo saqlanib turadi, kun örtasiga kelib, havo harorati 17-22 daraja iliqqaça kötariladi, bu me'yordan 3-5 darajaga yuqoridir. Faqat janubi-ğarbiy hududlarga Erondan nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida keçga tomon ba'zi joylarda yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 

Ertaga nam havo massalari Özbekistonning barça hududlariga tarqaladi, aksariyat viloyatlarda yomğir yoğadi, ba'zi joylarda kuçli böladi. Farğona vodiysi viloyatlarida faqat keçki soatlarda yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi va kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida böladi. Şimoliy hududlar sovuq ta'siri ostida böladi. Qoraqalpoğistonda ba'zi joylarda biroz qor yoğişi mumkin, Xorazm viloyatida qor yoğadi, ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Harorat şimoliy hududlarda 3-8 daraja sovuqqaça pasayadi.

14 martda respublikaning barça hududlari sovuq antitsiklon ta'siri ostida böladi. Markaziy va şarqiy tumanlarda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik kuzatiladi, ba'zi joylarda kuçli böladi. Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat keçasi va ertalabki soatlarda yoğingarçilik böladi. Şimoliy hududlarda yoğingarçilik bölişi ehtimoli kam. Havo harorati keçasi va kunduz kuni 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, şimolda keçasi 10-15 daraja sovuq, kunduz kuni 2-7 daraja sovuq atrofida böladi.

12-14 martda respublika hududining köp qismida şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ba'zida esa 23-28 m/s gaça kuçayişi mumkin.

15 martda keçasi sovuq antitsiklon ta'siri kuçayadi, havo harorati 2-7 daraja sovuqqaça pasayadi. Kunduz kuni esa harorat kötarila boşlaydi va 3-8 daraja iliqni taşkil etadi, bu mart oyi örtasi uçun me'yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga past böladi.

Qor yoğişi va past harorat respublika yöllarida yaxmalak hosil bölişiga olib kelişi mumkin. Toğli hududlarda qor köçkisi xavfi bor.