Pokistonda TikTok ijtimoiy tarmoği taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat telekommunikatsiya boşqarmasi vakili Xurram Mehron ma'lum qildi.
"Sud Pokiston telekommunikatsiya boşqarmasidan TikTok tarmoğini bloklaşni söradi", - dedi u.
Mehronning qöşimça qilişiça, boşqarma sud talabini bajaradi.
Peşovar yuqori sudining qarorida aytilişiça, sud da'vogarning TikTok axloqsiz kontent tarqatayotgani töğrisidagi fikriga qöşilgan holda ilovani taqiqlaydi.
Pokistonda TikTok ötgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilişga va'da berganidan söng taqiq bekor qilingandi.
Qisqa videoroliklar yaratiş va tomoşa qiliş uçun möljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan bölib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng köp yuklab olingan ilova hisoblanadi.












