Şahzoda Uilyam 11 mart kuni öz turmuş örtoği, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton bilan birga London şarqidagi Stratforddagi maktabga taşrif buyurdi. Maktabdan çiqayotganida jurnalistlardan biri şahzoda Uilyamdan qirollik oilasidagi irqçilik haqida söradi.

«Biz umuman irqçi oila emasmiz», degan gersog.

Opra Uinfriga berilgan intervyudan keyin şahzoda bilan gaplaşgan-gaplaşmagani haqidagi savolga javoban şahzoda Uilyam şunday degan: «Yöq, men hali u bilan gaplaşmadim, ammo biz gaplaşib olamiz».

Sasseks gersogi va gersoginyasining Opra Uinfriga bergan intervyusi davomida Megan Markl qirollik oilasi a'zolari öğli Arçi tuğilganida uning terisi rangi qançalik qora bölişini muhokama qilişgani haqida gapirgandi. Şahzoda Harri şunday gap bölib ötganini tasdiqlagan, ammo oilaning aynan qaysi a'zolari bu haqda gaplaşganiga aniqlik kiritmagandi. Efirdan söng savollarga javob berar ekan, Opra Uinfri bu masalaga qiroliça Yelizaveta II ham, uning turmuş örtoği, Edinburg gersogi Filipp ham aloqador emasligini aytgandi.

Intervyudagi aynan irqçilik böyiça ayblov Britaniyada va butun dunyoda katta şov-şuvga sabab böldi - leyborist deputatlar qirollik saroyidan holat böyiça tekşiruv ötkazişni talab qilişdi, bolalar işlari böyiça vazir Viki Ford britan jamiyatida irqçilikka örin yöqligini ta'kidlab çiqdi.

Britaniyalik tarixçi Robert Leysi Harri va Meganning intervyusini «baxsiz oila haqida asl manbadan olingan hikoya» deb atadi. Qirollik oilasi biografi Penni Junor intervyuni qöl granatasiga öxşatdi, BBC muxbiri Jonni Daymond esa uni Britaniya monarxiyasiga piçoq urişga qiyosladi. CNN agentligi 1995 yilda malika Diana şahzoda Çarlz bilan ajraşuvi haqida aytgan gaplaridan beri qirollik oilasi eng jiddiy inqirozga duç kelişini aytdi. Monarxiyani tugatiş tarafdori bölgan Republic harakati esa bu qirol Edvard VIII 1936 yilda Uollis Simpsonga uylaniş uçun taxtdan voz keçganidan keyingi eng katta inqiroz böladi, deb hisoblamoqda. Intervyuni hatto Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova şarhlab, buni «sahna bezaklarining qulab tuşişi» deb atadi.

Harri va Megan tomonidan kötarilgan asosiy muammo Ğarb OAV tomonidan irqçilik deb hisoblanmoqda. Britaniya naşrlari Arçining tanasi rangidan qirollik oilasi a'zolarining qaysi biri xavotirga tuşganini oçiqlaşni talab qildi va oila a'zolarining kamligi, demak gumonlanuvçilar ham unçalik köp emasligini ta'kidladi: Harrining otasi şahzoda Çarlz va uning rafiqasi Kamilla, şuningdek, Harrining akasi şahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton. Şahzoda Çarlzni allaqaçon irqçilikda gumon qilişdi; uning tarjimai holini yozuvçi Jonatan Dimblbi esa bunga işoniş qiyinligini aytdi.