13 mart kuni ertalabdan viloyatning ko‘plab shahar va tumanlari “svetsiz” qoldi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlari ish faoliyati to‘xtadi. Yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakati bilan bog‘liq muammolar ko‘paydi. Svetoforlarning ishlamay qolishi oqibatida, chorrahalarda tirbandliklar yuzaga keldi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko‘ra, elektr ta'minotidagi uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelgan avariyalar bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda tezkor ishchi guruhlar jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.