O‘zbekistonda 13 mart, shanba kuni o‘tkazilgan hasharda jami 8 340 924 kishi qatnashdi. Shundan 4 718 280 nafari – yoshlar, deb ma'lum qildi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.
«Umumiy hisobda 11 788 km ariq va zovurlar tozalanib, 9 070 ta qabriston, 638 ta ziyoratgoh obodonlashtirildi.
Mahallalar, ko‘chalar va xiyobonlar, aholi xonadonlarida jami 8 088 298 ta daraxt (4 063 483 ta manzarali, 4 024 815 ta mevali daraxt) ko‘chatlari, 4 990 207 ta gul ko‘chati ekildi. Mavjud 7 771 876 ta daraxt oqlanib, ularga turli shakllar berildi», – deyildi hisobotda.
Vazirlik ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari sonini hududlar kesimida ham keltirgan. Unga ko‘ra, eng ko‘p manzarali daraxt Toshkent viloyatida, eng ko‘p mevali daraxt Namangan viloyatida ekilgan:
- Andijon viloyatida 239 650 ta manzarali, 329 907 ta mevali daraxt, 798 833 ta gul ko‘chati;
- Buxoro viloyatida 340 493 ta manzarali, 264 172 ta mevali daraxt, 251 198 ta gul ko‘chati;
- Jizzax viloyatida 88 566 ta manzarali, 50 211 ta mevali daraxt, 34 166 ta gul ko‘chati;
- Navoiy viloyatida 166 868 ta manzarali, 106 872 ta mevali daraxt, 169 269 ta gul ko‘chati;
- Namangan viloyatida 581 476 ta manzarali, 1 193 866 ta mevali daraxt, 926 517 ta gul ko‘chati;
- Samarqand viloyatida 373 401 ta manzarali, 336 748 ta mevali daraxt, 493 856 ta gul ko‘chati;
- Sirdaryo viloyatida 130 309 ta manzarali, 82 596 ta mevali daraxt, 85 430 ta gul ko‘chati;
- Surxondaryo viloyatida 160 110 ta manzarali, 71 962 ta mevali daraxt, 97 708 ta gul ko‘chati;
- Toshkent viloyatida 915 765 ta manzarali, 939 182 ta mevali daraxt, 1 209 622 ta gul ko‘chati;
- Farg‘ona viloyatida 764 984 ta manzarali, 455 549 ta mevali daraxt, 620 280 ta gul ko‘chati;
- Xorazm viloyatida 7 101 ta manzarali, 5 248 ta mevali daraxt, 2 441 ta gul ko‘chati;
- Qashqadaryo viloyatida 303 095 ta manzarali, 151 862 ta mevali daraxt, 195 903 ta gul ko‘chati;
- Toshkent shahri bo‘yicha 33 721 ta manzarali, 30 247 ta mevali daraxt, 100 971 ta gul ko‘chati ekilgani aytildi.
«Hashar tadbirlari davomida yurtimizdagi ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 5 768 ta oilaning uy-joylari ta'mirlab berildi, 12 755 ta ehtiyojmand oila, xususan, 4 392 nafar nogiron va yolg‘iz qariyaga 2 mlrd 157 mln 220 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.















