Germaniyaning Iqtisodiyot instituti (IW) pandemiya vaqtida Germaniya yalpi içki mahsulotining qisqarişini 250 mlrd yevroga baholadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, 2021 yil 1-çoragida lokdaun nemis iqtisodiyotiga 50 mlrd yevroga tuşadi, deb xabar berdi DW.

Institut direktori Mixael Gyuterning ta'kidlaşiça, koronavirus keltirib çiqargan inqiroz nemis iqtisodiyotiga misli körilmagan şok böldi. Davlat körsatgan moliyaviy yordam va iş vaqtini qisqartiriş dasturi inqirozning eng yomon oqibatlarini bartaraf etişga yordam bergan bölsa-da, ba'zida tölovlar sezilarli keçikiş bilan amalga oşirilgan. 

Gyuterning aytişiça, Germaniyada davlat körsatadigan moliyaviy kömak hisobigagina yoki mamlakatda bankrotlik e'lon qiliş böyiça majburiyat vaqtinça bekor qilingani tufayligina kun keçiradigan 5 mingga yaqin “zombi-korxona” mavjud. 

Şunga qaramay, 2020 yilda Germaniyada 16300ga yaqin korxona bankrotga uçraganini e'lon qilgan.
 
Boşqa tomondan, Germaniyada köplab korxonalar pandemiya vaqtida, misol uçun, xorijiy va mamlakat böylab xizmat safarlari soni qisqartirilgani hisobiga ança pul tejagan. Ta'kidlanişiça, pandemiya boşidan buyon nemis kompaniyalari xizmat safarlari bekor qilinişi hisobiga 50 mlrd yevro tejaşga muvaffaq bölgan.