Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV axborot xizmati xabariga köra, holat yuzasidan koloniya boşliğining örinbosari mayor K.Bekmuratov Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgiga asosan, Özbekiston Respublikasi IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça bölimi va Qönğirot tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbir davomida mahkum R.Q. koloniya boşliğining örinbosari, mayor K.Bekmuratovning xizmat xonasida 200 000 söm pullarni pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Qönğirot tumani bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov işlari olib borilmoqda.