YeI nomidan vaksina işlab çiqaruvçilar bilan muzokara olib borayotgan rasmiy vakil ittifoqqa a'zo mamlakatlar hukumatlari «Sputnik V» borasida muzokaralarga kirişiş imkoniyatini körib çiqişayotganini ma'lum qildi. Agentlik xabariga köra, jarayon boşlanişi uçun YeIning tört davlatidan talab tuşişi kerak böladi.
Yevroittifoqda «Sputnik V»ni tasdiqdan ötkazgan ilk davlat Vengriya böldi. Budapeştga vaksina fevral oyi boşlaridan yetkazib berila boşlangandi. Keyinroq Slovakiya ham «Sputnik V»ni tasdiqdan ötkazdi.
Yevropa Ittifoqining rasmiy vakili Italiya hukumati Rim yaqinida joylaşgan mamlakatdagi eng yirik ReiThera zavodini «Sputnik V» vaksinasini işlab çiqarişda foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqayotganini ma'lum qilgan. 30 foiz aksiyasi davlatga tegişli bölgan va koronavirusga qarşi öz preparatini işlab çiqayotgan ReiThera kompaniyasi bu borada izoh berişdan boş tortgan. Agentlikning xabar berişiça, Italiya YeI hukumatini «Sputnik V» vaksinasini sotib oliş va uni taşkilot hududida qöllaşga çaqirmoqda.
Yevropa Ittifoqi Ğarbning 6 vaksina işlab çiqaruvçisi bilan muzokaralarni boşlab bölgandi va yana ikkitasi bilan muzokaralarni boşlayapti. Hozirça YeI hududida tört vaksina röyxatdan ötkazilgan - Johnson&Johnson, Pfizer, AstraZeneca va Moderna.
Ilgariroq 9 martda Rossiya töğridan töğri investitsiyalar fondi va Şveytsariyaning Adienne Pharma & Biotech kompaniyasi «Sputnik V» vaksinasini Italiyada işlab çiqarişni kelişib olişgandi. Şunday qilib Italiya Yevroittifoqda «Sputnik V» vaksinasini işlab çiqaradigan ilk davlatga aylanadi.
Mahalliy işlab çiqariş Adienne maydonida iyundan boşlanadi va yil sönggigaça 10 million dozada preparat işlab çiqarilişi kutilmoqda. Adienne Pharma & Biotech Milandagi öziga tegişli zavodda işlab çiqariş böyiça bitim imzolagan. Rossiya vaksinasidan hali Yevroittifoq hududida foydalanişga ruxsat berilganiça yöq, lekin «Sputnik V» Italiyada işlab çiqarilgan taqdirda Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) tasdiğisiz foydalanilişi mumkin. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA)ning özi 4 mart kuni «Sputnik V» tekşirilişi boşlanganini ma'lum qildi. Reuters manbasining xabar berişiça, Yevropa dori vositalari agentligi vaksinani xavfsiz va samarador deb topgan taqdirda, Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlari «Sputnik V»ga bölgan munosabatni özgartirib, işlab çiqaruvçilar bilan muzokaralarga kirişişi mumkin.












