2021 yilgi «Oskar» mukofotiga nomzod film va aktyorlar nomi e'lon qilindi.

Rejissyor Xloya Çjaoning «Köçmançilar yeri», Florian Zellerning «Ota», Devid Finçerning «Mank», Şaki Kingning «Iuda va qora messiya», Li Ayzek Çunning «Minari», Emirald Fennelning «Umid beruvçi qiz», Darius Marderning «Metall tovuşi», Aaron Sorkinning «Çikago yettiligi ustidan sud» filmlari «Eng yaxşi film» yönalişida nomzod deb körsatildi.

Eng yaxşi rejissyorlik işi uçun Xloya Çjao, Emirald Fennel, Tomas Vinterberg, Devid Finçer va Li Ayzek Çun da'vogarlik qiladi.

 Eng yaxşi erkak roli uçun mukofotga Entoni Xopkins («Ota»), Riz Ahmad («Metall tovuşi»), Gari Oldman («Mank»), Stiven En («Minari») hamda ölimidan söng Çedvik Bouzman «Ma Reyni: blyuz onasi» filmi uçun nomzod etib körsatildi.

«Eng yaxşi aktrisa» nomiga da'vogarlar röyxatidan Frensis Makdormand, Vanessa Kirbi, Keri Malligan, Viola Devis va Andra Dey joy oldi.

93-«Oskar» mukofotini topşiriş marosimi 25 aprelda bölib ötadi.