Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining Özbekistondagi monopol taşkilotlar tomonidan iste'molçilar huquqlarini poymol qilinayotganini aniqlaş borasida, iste'molçilar huquqlarini ta'minlaşni nazorat qiliş borasida vakolatlarga ega emas. Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov Milliy matbuot markazida taşkil etilgan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qildi.
«Qonun ma'nan eskirgan (“Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun nazarda tutilmoqda – tahr). 1996 yilda qabul qilingan. Biroq, bizning NNT sifatida qonunçilik taşabbuskorligi vakolatimiz yöq. “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi qonun ham qabul qilingan. Boşqa davlatlarda deyarli bu qonun muqobili yöq. Bu qonunda, faqat davlat idoralari va ularning mansabdor şaxslari ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş belgilangan.
Lekin, eng oğriqli muammolarimiz bor. Monopol kompaniyalarimizdan “Uzbekistan airways”, “Özbekiston temir yöllari” kompaniyalari bu qonunda obekt sifatida körsatilmagan. Temir yöllar yoki havo yöllari sohalarida, içki aviaqatnovlar borasida muammolar yöqmi? Minglab muammolarni sanasa böladi», - dedi Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.

U, şuningdek, «Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qöyilganini bildirar ekan, jamoatçilikdan faol bölib, öz fikrlarini bildirişlarini söradi.
















