“O‘zstandart” agentligi yosh onalarga yana bir plastik o‘yinchoq haqida ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, mahsulot nomi Music Lollipop bo‘lib, ishlab chiqaruvchi davlat - Xitoy. Xavf turi: bo‘g‘ilish. Bu batareyada ishlaydigan lollipop shirinligi ko‘rinishidagi o‘yinchoqdir.
Xavfli jihati - o‘yinchoq dastagi juda uzun va yosh bola dastakni og‘ziga solib tiqilib qolishi mumkin. Mahsulot O‘yinchoqlar xavfsizligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma va tegishli Yevropa standarti - EN 71-1 talablariga javob bermaydi.
Bildirilishicha, xabarnoma Polshadan tarqatilgan.
Avvalroq, “O‘zstandart” boshqa bir o‘yinchoq to‘plami bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi.