Toşkent şahrida 2021 yil davomida koronavirusdan kasallaniş holatlari soni boşqa hududlarga nisbatan oşgani, ayniqsa, co‘nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallaniş holatlari sezilarli ösgani munosabati bilan Toşkent şahrida koronavirus infeksiyasi yangi ştammlari keng tarqalişining oldini oliş böyiça Toşkent şahar ştabining yiğilişi bölib ötdi. 

SSV matbuot xizmati xabariga köra, unda poytaxtda kasallik tarqalişining oldini olişni közda tutuvçi bir qator nazorat çoralari körilişi belgilandi.

Xususan, Toşkent şahridagi barça quriliş obe'ktlarida, öşa yerning özida vaqtinça yaşab işlayotgan quruvçi va işçilar sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat'iy rioya etişi yuzasidan nazorat kuçaytiriladi. 

Şuningdek, transport xizmati sifatini oşiriş, haydovçi va yölovçilar soğligini himoya qilişni ta'minlaş maqsadida yönalişsiz taksilarni uç tildagi (özbek, rus, ingliz tillaridagi) «xavfsiz taksi» maxsus belgisi bilan bepul ta'minlaş amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yönalişsiz taksilarning quyidagi:

  • haydovçining niqobda bölişi;
  • kiyiniş madaniyatiga rioya qilişi;
  • avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
  • avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan ötganligi kabi talablarga rioya etişlari hisobga olinadi.

Özbekistonda sönggi kunlarda koronavirusga çaliniş holatlari soni orta boşladi. Ayniqsa Toşkent şahrida kunlik ösiş holatlari yuzga yaqinlaşgan. Tarbiyalanuvçilari va öquvçilarida virus aniqlangan boğçalar va maktablar yopilib, masofaviy ta'limga qaytilmoqda. Şuningdek, bozorlarda karantin qoidalari kuçaytirilmoqda.