«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi Uluğbek Mustafoyev taqdimotdan söng jurnalistlar bilan muloqot vaqtida elektr energiyasi narxlari oşirilmayotgani, tizimda bölib turadigan jinoyatlar haqida fikrlarini bildirdi.
«Past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça ham keng kölamli işlar belgilangan. Xususan, 15 ming kilometr elektr uzatiş tarmoqlari hamda 4 mingta transformatorni yangilaş rejalaştirilgan. Bu işlar natijasida Özbekistondagi 5 ming 377ta mahallaning elektr ta'minoti yaxşilanadi.
Şu örinda bir narsani ta'kidlab ötmoqçiman, bu qilinayotgan işlar öz-özidan bölayotgani yöq. Katta mablağ sarflanyapti, maqsad xalq manfaat topsin. E'tibor bersangiz oxirgi ikki yilda elektr energiya tariflari oşirilmayapti. Öşa eski 295 söm narxida.
Prezidentimiz 2021 yil uçun ham tarifni oşirmaslik çorasini köriş böyiça topşiriq berdi. Hamma narsa oşyapti, lekin elektr narxi oşgani yöq. Davlat rahbari bizga tannarxni kamaytiriş masalasini qöymoqda.
Beş barmoq barobar emas. Hozirda 25 ming atrofida inson mehnat qilyapti. Tizimda öğriliklar, nojöya qilinayotgan işlar juda köp», – dedi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi Uluğbek Mustafoyev.















