CoviShield Özbekistonga kelmoqda. Vaksinatsiya haqida sönggi ma'lumotlar
|04:45 / 17.03.202132 21212 min
Özbekistonda tez orada aholini koronavirusga qarşi emlaş boşlanadi. Mamlakat 17 martga ötar keçasi Toşkent xalqaro aeroportida Covishield vaksinalaridan 660 ming dozani qabul qilib oladi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Fevral oyi boşida Özbekiston Britaniyadagi Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan tayyorlangan vaksinadan 2,6 million doza olişi haqida xabar berilgandi. Bugun esa Özbekistonga Hindistonda işlab çiqarilayotgan CoviShield vaksinasi olib kelinayotgani ma'lum böldi.
5 mart kuni respublikaga şprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari keltirilib, taqsimot asosida joylarga tarqatilgandi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga köra, 1,98 million dollarlik vaksinalar Toşkent xalqaro aeroportiga soat 01:55da yetib keladi. Ular YUNISEF tomonidan COVAX dasturi doirasida olib kelinmoqda. Vaksinalar Özbekistonga bepul yetkazib beriladi.
2,6 million dozalik miqdorning 35-40 foizi 2021 yilning birinçi çoragida, qolgan qismi ikkinçi çorakdan dunyo böylab vaksinalarni işlab çiqariş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, bosqiçma-bosqiç yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
Covishield bu AstraZeneca’mi?
Bu vaksinalar bir-biridan farq qilmaydi. CoviShield - AstraZeneca vaksinasining hindça muqobili hisoblanadi. AstraZeneca 2020 yil kuzida Hindistonning Serum instituti (Serum Institute) bilan koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqiş böyiça kelişuv imzolagan. Vaksina işlab çiqariş böyiça dunyodagi yetakçilardan bölgan bu institut AstraZeneca’ni litsenziya asosida işlab çiqarmoqda. Hindlarning Astra Zeneca’sining mahalliy nomi CoviShield deb ataladi. Institutda oyiga 50 million dozadan ortiq vaksina işlab çiqariş mumkin.
AstraZeneca vaksinasi Hindistondan taşqari Janubiy Koreyada ham işlab çiqarilmoqda. JSST ikki işlab çiqaruvçini ham ma'qullab bergan.
Hindiston Lotin Amerikasi, Karib dengizi havzasi, Osiyo va Afrikadagi 71 davlatga 58 million doza vaksina yetkazib beradi. Bu davlatlar orasida Buyuk Britaniya, Kanada, Braziliya va Meksika kabi davlatlar bor.
AstraZeneca qanday işlaydi?
Oksford vaksinasi deb ham ataladigan AstraZeneca Oksford universiteti va AstraZeneca nomidagi ingliz-şved farmatsevtik kompaniyasi hamkorligida işlab çiqilgan.
Bu vaksina vektor texnologiyalari asosida işlab çiqarilyapti. Bunday texnologiyada bir virusning genetik materialini yetkaziş uçun oddiy şamollaşning adenoviruslar oilasidan bölgan boşqa bir virusning qobiğidan foydalaniladi. Bu yillar davomida vaksina yaratilişida foydalanib kelingan texnologiya. Masalan, Ebola virusiga qarşi vaksina şunday yaratilgan.
Mavzuga oid
Oksford tadqiqotçilari şimpanze adenovirusidan foydalanişadi. Kasallik qözğatuvçi adenovirus geni yöq qilinadi. Uning örniga koronavirus oqsili kodi bilan gen joylaştiriladi. Bu immun tizimiga turib bera oliş va antitanaçalar işlab çiqariş imkonini beruvçi xavfsiz texnologiyadir. Antitanaçalar esa odamni şikastlanişdan saqlaydi. Vaksina bu – soğlom odam tez tuzalib ketişi kafolatlangan holda virus yoki bakteriya bilan atay şikastlaşdir.
Vaksina patsiyent tanasiga kiritilganida, u immun tizimini antitanalar işlab çiqarişni boşlaşga hamda har qanday koronavirus infeksiyasiga hujum qilişga undaydi.
Uni taşiş va saqlaş talablari boşqa vaksinalar bilan soliştirganda ança oson — vaksina 2–8 darajada, oddiy muzlatkiçlarda yaxşi saqlanadi. Masalan, Pfizer-BioNTech tomonidan tayyorlangan vaksina -70 darajada saqlanişi kerak böladi va uni faqat çeklangan miqdorda taşiş mumkin.
Vaksinatsiya qanday böladi?
CoviShield vaksinasi ikki dozada tanaga yuboriladi - oraliq 4 haftadan 12 haftagaça böladi.
Ayrim tadqiqotlarga köra, birinçi va ikkinçi dozalar orasida uzoqroq oraliq bölgan holatda vaksinaning samaradorligi nisbatan yuqoriroq böladi. Sinovlarda dastlab yarim doza, keyingi safar butun doza yuborilganida samaradorlik 90 foizgaça yetgan.
AstraZeneca vaksinalari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) tomonidan foydalaniş uçun tasdiqlangan.
Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada 23 mingdan ortiq kişida ötkazilgan keng kölamli klinik sinovlari AstraZeneca - xavfsiz va 18 yoşdan kattalarni Covid-19 profilaktikasi uçun emlaşda samarali ekanini körsatgan. Keyinroq vaksina 6 yoşdan 17 yoşgaça bölganlarda ham sinalgan.
SOPA IMAGES GETTY IMAGES
Nojöya ta'sirlar
Dastlab köplab davlatlar hukumatlari AstraZeneca’ni 65 yoşdan kattalarga qöllamaslikni tavsiya qilgandi. Bu xavotir AstraZeneca vaksinasi sinovlari vaksina ular uçun samarali ekani haqida xulosa çiqarişga yetgulik darajadagi köp sonli keksa kişilarda sinalmaganiga asoslangandi.
Oksforddagi guruh rahbari, professor Endryu Pollard AstraZeneca vaksinasini 65 yoşdan kattalarga qöllaşda xavotirlanişga hojat yöqligini aytib çiqqan.
Şuningdek, AstraZeneca Janubiy Afrika ştammiga qarşi (kasallikning yengil va örta şakllarida) himoyalay olmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo kompaniyadagilar vaksina koronavirusga qarşi boşqa vaksinalar kabi antitanalar işlab çiqarişiga asoslangan holda u jiddiy holatlardan himoyalay olişiga işonç bildirişgandi.
Sönggi kunlarda Yevropa davlatlarida uşbu vaksinaga işonçsizlik paydo böldi. Qonda tromblar paydo bölişi kuzatilgani sabab AstraZeneca vaksinasi bilan emlaş Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Avstriya, Estoniya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Bolgariya, Niderlandiya, Portugaliya, Kipr, Sloveniya va hatto Şvetsiyada ham töxtatilgani, Tailandda esa keyinga qoldirilgani ma'lum qilindi.
Martin Bureau / AFP / Scanpix / LETA
JSST va kompaniya munosabati
JSST AstraZeneca vaksinasidan foydalanişni töxtatişga sabab körmayotganini ma'lum qilgan. «Ha, biz AstraZeneca vaksinasini qöllaşda davom etişimiz kerak. Uni işlatmaslik uçun heç qanday sabab yöq», deya ta'kidlagan taşkilot vakili Margaret Harris.
Keyinroq AstraZeneca emlaşning nojöya ta'siri töğrisidagi xabarlarga javob berdi.
«Bemorlarning xavfsizligi AstraZeneca uçun eng ustuvor masala. Tartibga soluvçilar faqat samaradorligi yuqori va xavfsiz vaksinalarni foydalaniş uçun tasdiqlaydi va AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi şundaylardan biri. Vaksinaning xavfsizligi batafsil örganilgan va ijobiy xulosa berilgan», deb ta'kidlagan kompaniya vakili.
Yevropaning Dori-darmon vositalari agentligi (EMA) ma'lumotlariga köra, Yevroittifoq hududida AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarning 37 nafarida (17 million kişidan) tromb paydo böliş holati qayd etilgan. Bu hodisa vaksinadan foydalaniş bilan boğlanmagan, lekin ölim holatlarini tekşiriş davom etmoqda.
Agentlik rahbari Emer Kukning bu vaksinaning foydasi xavfidan köra ustunroq ekaniga işonçi komil.
«Biz bilamizki, YeIda minglab kişilarda tromboz böladi, biz emlanganlardagi bunday holatlarning asl sababi nimaligini bilişni istaymiz. Tadqiqotlar davom etmoqda, ammo ayni paytda Covid-19'dan himoyalaydigan, şifoxonaga yotiş va ölişdan saqlaydigan AstraZeneca’ning foydasi xavfdan yuqori ekaniga qat'iy işonamiz», degan Emer Kuk.
EMA tadqiqotlari natijalari payşanba kuni e'lon qilinişi kutilmoqda.
Kukning aytişiça, emlanganlarda tromboz yuzaga kelişi sabablari böyiça tadqiqot natijalari payşanba kuni ma'lum böladi.
Özbekiston esa uşbu vaksinadan foydalanadi
Tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev yuqoridagi holatlardan söng ham vaksina Özbekistonga olib kelinadimi, degan savolga javob bergan.
«Xabarlarni men ham öqidim. Öylab köraylik, Daniya, Şvetsiya Yevropa davlatlari içida eng rivojlangani. Ular ham şu vaksinadan foydalanyapti. Endi hozir töxtatib qöydi. AstraZeneca hamma sinovlardan ötgan, JSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekşirgan. Vahimaga yoki xavotirga örin yöq», deydi u.
Şuningdek, professor qonida koronavirusga qarşi antitanaçalar mavjud bölgan odamlar emlanmagani ma'qulligini ta'kidladi.
«Antitanaça bölsa, nima qilamiz yana emlab. Buni bamaslahat tibbiyot xodimlarimiz, olimlarimiz yana tavsiya beradi. Dastlabki jarayonda muhtoj aholini himoyalaş kerak», deydi tibbiyot fanlari doktori.
Kimlar birinçi emlanadi?
Özbekistonda birinçi navbatda koronavirusga qarşi emlanadigan aholi soni 4 mln 112 ming 668 nafarni taşkil etadi.
Birinçi navbatda koronavirusga qarşi emlanadigan aholi qatlamlari:
65-74 yoşgaça bölgan qariyalar – 1 mln 85 ming 797 nafar;
85 yoş va undan yuqori keksalar – 139 ming 280 nafar;
Tibbiyot xodimlari – 447 ming 976 nafar;
Surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yoş) – 888 190 nafar;
Maktab öqituvçilari – 689 ming 383 nafar;
Maktabgaça ta'lim muassasasi xodimlari – 223 ming 426 nafar;
Qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari – 180 ming nafar.
Özbekistonda emlaş jarayoniga 3138ta emlaş punktlari, 862ta mobil brigadalar (har birida 1 nafar oilaviy şifokor, 1 nafar vaksinator va 1 nafar muolaja hamşirasi mavjud) jalb etilgan. Vaksina olib kelinişi köpaygaç, xususiy klinikalarda ham emlaş işlari amalga oşiriladi.
Uşbu fuqarolar özlari yaşaydigan hududlardagi tibbiyot muassasalarida taşkil etilgan emlaş xonalarida emlanadi.
Kimlarga emlaniş tavsiya etilmaydi?
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov COVID-19’ga qarşi kimlarga emlaniş tavsiya etilmasligi, emlangandan keyin qanday asoratlar bölişi mumkinligi haqidagi savollarga javob bergan.
«Emlaş tadbirlarini amalga oşiriş paytida uşbu vaksinani işlab çiqargan taşkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga çalingan şaxslarni, şu jumladan, anamnezida oğir allergik reaksiyalari mavjud bölgan şaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoşgaça bölgan aholi qatlamini emlaş tavsiya etilmaydi.
Har qanday holatda ham emlaş töğrisidagi qaror tibbiy körik natijasida qabul qilinadi. Mabodo emlaşga monelik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy körik ötkazayotgan şifokor, albatta, unga e'tibor qaratadi», deydi u.
Özbekistonga yana qanday vaksinalar keladi?
Özbekistonda koronavirusga qarşi ilk vaksina sifatida Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan vaksina 1 mart kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Özbekistonning hissasi va sa'y-harakatlarini inobatga olib, kompaniya ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Uşbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan işlab çiqariş foydalanişga kelişilgan.
Xitoy kompaniyasi mazkur vaksinani hamkorlikda işlab çiqariş uçun Özbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator farmatsevtika korxonalari faoliyatini örganib, laboratoriya hamda texnik va işlab çiqariş quvvatlarini inobatga olib, Jurabek Laboratories MÇJ qöşma korxonasini tanlagan. Uşbu vaksina 1 mart kuni davlat röyxatidan ötkazilgan.
JSST qöllaşga ruxsat bergan Pfizer hamda BioNTech korxonalari tomonidan işlab çiqilgan vaksinani Özbekistonda ham emlaş jarayoniga jalb qiliş uçun 100 ming dozaga rasman buyurtma berilgan. Uşbu vaksina Germaniya kömagi bilan COVAX taşabbusi doirasida yetkazib beriladi. Germaniya kansleri Angela Merkel 12 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan onlayn uçraşuv vaqtida mart oyi oxirida Özbekistonga koronavirusga qarşi vaksinaning birinçi yirik partiyasi yetkazib berilişini ma'lum qilgandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining örinbosari Botirjon Qurbonov hozirda Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida Pfizer-BioNTech vaksinasini 70 daraja sovuqda saqlaş imkonini beradigan muzlatkiçlar hozirlab qöyilganini bildirgan.
Fevral oyi örtalarida Özbekistonda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini qöllaşga ruxsat berildi. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov «Sputnik V» vaksinasi Özbekistonda röyxatga olinganini aytgan, bu vaksinadan 1 million doza sotib olinişi kutilmoqda.