Qarorga köra, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi hamda uning hududiy bölinmalari tomonidan savdo, işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlariga davlat tilida nom beriş (neyming) xizmati körsatiladi.
Markaz va uning hududiy bölinmalariga bu böyiça quyidagi qöşimça vazifalar yuklandi:
- davlat tili qoida va me'yorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda obektlarga qöyiş tavsiya etiladigan nomlar zaxirasini onlayn rejimida şakllantiriş hamda uni doimiy yangilab boriş;
- taşqi yozuv, peşlavha, reklama va e'lonlar matnini tayyorlaş, şuningdek, ularning davlat tili qoida va me'yorlariga muvofiqligi, nomlarning bir xil yoki öxşaşlik darajasi yuzasidan lingvistik ekspertiza ötkaziş;
- obektlar uçun davlat tilida nomlar yaratiş va tanlaş böyiça şartnoma asosida xizmatlar körsatiş.
Obektlarga nom beriş “Davlat tili haqida”, “Firma nomlari töğrisida” va “Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida”gi qonunlar talablariga rioya etilgan holda amalga oşiriladi.
Avvalroq, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasi muhokama uçun e'lon qilingandi.











