16 mart kuni «Özbekistonning taşqi qarzi» mavzusida oçiq muloqot şaklidagi matbuot anjumani ötkazildi. Tadbirda taşqi qarz mablağlaridan foydalaniş böyiça ma’lumot berildi.
Moliya vaziri Timur Işmetovning ta’kidlaşiça, kredit şartnomalarining hajmi yil sayin kamayib boradi.
«2019 yilda qariyb 9 milliard dollar jalb qilingan bölsa, 2020 yilda bu körsatkiç 5,3 milliard dollarni taşkil etgan. Joriy yil uçun limit 5 milliard dollar qilib belgilangan», deya Timur Işmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayevning ma’lum qilişiça, Töraqörğon IESni quriş uçun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 1,95 milliard dollar, Talimarjon IESni umumiy quvvati 900 MVt bölgan qöşma siklli elektr stansiyalari bilan kengaytiriş uçun OTBdan 1,32 milliard dollar, Navoiy IESda uçinçi kombinatsiyalangan sikl stansiyasining qurilişi uçun 650 million dollar miqdorida qarz va kredit mablağlari jalb qilingan.
Ma’lumot uçun, 2020 yil yakunlari böyiça jalb qilingan taşqi qarz mablağlari kesimida elektr energiyasi sanoatiga 14,6 foiz yoki 3,1 milliard dollar, energetika sohasiga – 12,4 foiz yoki 2,6 milliard dollar pul sarflangan.
Suv ta’minoti sohasiga 6ta xalqaro moliya institutlari tomonidan mablağlar jalb qilingan. «Qaşqadaryo viloyatida 176,6 km uzunlikdagi quriliş va 110,2 km suv ta’minoti tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş, şuningdek, 4 ta suv taqsimlaş inşootlarini rekonstruksiya qiliş uçun 51 million dollar mablağ ajratiladi», dedi «Özsuvtaminot» AJ Boşqaruvi raisi Sohib Sayfnazarov.
Bundan taşqari, Transport va transport infratuzilmasini rivojlantiriş uçun 2,4 milliard dollar taşqi qarz mablağlari sarflangan.
Tadbirda ta’kidlanişiça, Özbekiston taşqi qarz mablağlarini jalb qilişda konservativ yondaşuv va xatarlarni boşqariş prinsiplariga amal qiladi.
S&P Global Ratings xalqaro kredit reyting agentligining Özbekistonning uzoq va qisqa muddatli suveren kredit reytingi böyiça oxirgi hisobotida respublikaning suveren kredit reytingi «BB-» (reyting prognozi: «salbiy») darajasida saqlanib qolingan. Mamlakat reyting kutilmasini yaxşilaş uçun davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uçun xavfsiz darajada saqlab turiş hamda taşqi qarz ösişini qat’iy nazorat qiliş talab etiladi.
















