O‘zbekiston | 09:36 / 18.03.2021
2632
3 daqiqa o‘qiladi

Aksilkorrupsiya agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi tartibi tasdiqlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasi e'lon qilindi.

Nizom loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi tartibi umumiy qoidalari (nizom maqsadi va vazifalari, agentlik hamkorlik qiladigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar doirasi, hamkorlik yo‘nalishlari va shakllari, o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda agentlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakolatlari);
  • korrupsiyaning oldini olish sohasida yagona davlat siyosati borasidagi o‘zaro hamkorlik (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning agentlikka yuboradigan ma'lumotlar, agentlikning sud hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatlari, ko‘rib chiqilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish tartibi);
  • korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar yuzasidan hamkorlik (jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi, ishlarni vakolatli organlarga o‘tkazish);
  • budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari bo‘yicha qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘rganish sohasidagi hamkorlik (mazkur sohadagi hamkorlikni amalga oshirishda agentlik vakolatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar majburiyatlari);
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik (normativ-huquqiy hujjatlar yoki ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish, mazkur sohada ishchi guruh tuzish tartibi);
  • yakuniy qoidalar (axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, nizom ijrosini tahlil qilish).

“O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 6ta bob va 20 banddan iborat bo‘lmoqda.

Nizom loyihasida agentlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligining asosiy yo‘nalishlari va sohalari, maqsad hamda vazifalari nazarda tutilmoqda.

Nizom loyihasi belgilangan tartibda Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgani aytiladi.

Mavzuga oid