Prezidentning “Qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Belgilab qöyilişiça, ombudsman har yili qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça ma'ruza tayyorlaydi hamda uni körib çiqiş uçun, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan keçiktirmay, Oliy Majlis palatalariga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.
2021 yil 1 iyuldan e'tiboran şunday tartib örnatiladiki, unga köra:
- harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar haftaning duşanba-şanba kunlari soat 9:00dan 18:00gaça bölgan vaqtda telefon orqali, şu jumladan, videkonferensaloqa rejimidan foydalangan holda murojaat qilişi mumkin bölgan ombudsmanning “call-markazi” (murojaatlarni telefon orqali qabul qiliş markazi) hamda veb-saytida maxsus rukn taşkil etiladi;
- Içki işlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarga joylaştirilgan şaxslar yagona elektron reyestri yuritişni yölga qöysin.
Oliy Majlis palatalariga:
- ombudsmanning qiynoq holatlarini aniqlaş va ular oldini oliş böyiça ma'ruzasini har yili eşitib boriş amaliyotini yölga qöyiş;
- jamoatçilik guruhlari şakllantiriş, faoliyatini taşkil qiliş va monitoring ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni qabul qiliş tavsiya etilmoqda.












