«Ma'lumki, global iqlim özgarişi tufayli suv resurslari taqçilligi yildan yilga kuçayib bormoqda. Sönggi 50 yil davomida Markaziy Osiyodagi muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Qişloq xöjaligi ekinlari asosan egatlab suğorilmoqda. Köp yerlar lazerli uskuna bilan tekislanmagan. Kollektor-drenaj tarmoqlari eskirgan. Bularning oqibatida suv juda köp isrof bölmoqda.
Lekin ayni paytda aholi soni ösib, qişloq xöjaligi mahsulotlariga talab ortmoqda.
Şu bois davlatimiz rahbari suvni tejaş, uning aniq hisobini yuritiş va samarali foydalaniş zarurligini doim ta'kidlab keladi. 2020 yil 10 iyuldagi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi suv xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan konsepsiyasida şu boradagi barça masalalar öz ifodasini topgan. Uşbu konsepsiyaga muvofiq, joriy yil 24 fevralda suv resurslarini boşqariş va irrigatsiya sektorini rivojlantirişning uç yillik strategiyasi qabul qilindi. Unda suv tejovçi texnologiyalarni joriy qilişni kengaytiriş va davlat tomonidan rağbatlantirib boriş, bu sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş böyiça aniq vazifalar belgilangan.
Çinoz tumani Yangiobod qişloğidagi ekin maydoni aynan şunday işlar natijasi. Bu joyda 1 million 350 ming dollar investitsiya evaziga 850 gektar yer qayta özlaştirilgan. Jami 202 ming kub metr siğimga ega 3 ta suv havzasi barpo etilib, ekinlarni tomçilatib suğoriş yölga qöyilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yangi qöriq yerning 702 gektariga qöşqator usulda, plyonka ostida «Andijon-72» navli paxta ekiladi. Buning uçun zamonaviy seyalkalar olib kelingan. Ular çigit ekiş bilan bir vaqtda tomçilatib suğoriş şlanglarini örnatib, plyonka bilan yopib ketadi.
148 gektarda eksportbop poliz mahsulotlari yetiştiriladi. Jumladan, uning bir qismi işsiz yoşlarga bölib beriladi.
«Ekişdan oldin sotişni öylaş kerak. Yerni tadbirkorga beriş zarur. Çunki u bozorni biladi, raqobatni biladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
















