Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti rektori, senator Oral Ataniyazova eng yuqori turdagi rak kasalligi Qoraqalpoğistonda ekanligi haqida gapirdi. Uning qöşimça qilişiça, Qoraqalpoğistonda leykozning darajasi 3 barobar ortib ketgan.

Tibbiyot fanlari doktori sut mahsulotlarining sifatini biliş uçun tahlil ötkazgan. Laboratoriya tahlil natijalari faqat oddiy, uyda tayyorlangan sutning sifatini qoniqarli körsatgan. Tuyamöyin suv omboridan  keladigan içimlik suvining ham natijalari yaxşi çiqmagan.

Oral Aminovna yuqoridagi holatlarning sababiga töxtalib ötdi. Uning aytişiça, köpçilik oziq-ovqat mahsulotlarining sifati talab darajasida emas. Ekologiyaning oğirligi va keskin sovuq, issiq ob-havo ham immun tizimini işdan çiqaradi.

«Qoraqalpoğistondagi homilador ayollarning 90 foizida anemiya kasalligi bor. Sil kasalligi (tuberkulyoz) böyiça ham Qoraqalpoğiston birinçilardan bölib turibdi», - deydi tibbiyot fanlari doktori, ginekolog Oral Ataniyazova.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Oral Aminovna Qoraqalpoğistonda onalar ölimi köpayişiga nima sabab bölayotgani haqida aytib ötgandi.