Davlat soliq qömitasining xabar qilişiça, joriy yilning 19 mart holatiga respublika böyiça 8 796ta korxonada 1 284,5 mlrd sömlik asossiz hisob(zaçyot)ga olingan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalariga aniqlik kiritiş böyiça kameral soliq tekşiruvlari yakunlangan.
Natijada:
– 8 529ta, ya'ni 97 foiz korxonada (1 214,6 mlrd söm) «soxta» operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlandi. Şundan 100ta, ya'ni 1,1 foiz (23,5 mlrd söm) taşkilotda QQS summasini noqonuniy hisob(zaçyot)ga oliş fakti qisman tasdiqlandi;
– 267ta, ya'ni nazorat tadbirlari ötkazilgan 3 foiz soliq tölovçilar tomonidan 46,4 mlrd sömlik QQS summasini töğri hisob(zaçyot)ga olganlik holatlari böyiça asoslovçi hujjatlar taqdim etildi. Şu sababli ulardan ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tezkor jarayonlar boşlandi.
«Şuningdek, kameral soliq tekşiruvlari natijasida kontragentlar xatolari tasdiğini topgan bölsa-da, kamçiliklarini tan olgan 352ta sub'yektga 53,9 mlrd sömlik budjetga tölanişi lozim summalarni joriy yil yakuniga qadar teng uluşlarda bölib-bölib tölaşlariga ruxsat berildi», — deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq «obnalçi»lar işi yuzasidan tadbirkorlar soliq organini sudga bergani ma'lum qilingan edi.









