Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko yangi prezident saylovi uçun nomzodlar borligini ma'lum qildi. Bu haqda Tut.by xabar bermoqda.

U nomzodlar sifatida Grodno oblasti gubernatori Vladimir Karanik va oblast böyiça öz yordamçisi Yuriy Karayevni tilga oldi.

«Ular prezident saylovida qatnaşişi mumkin. Ular kuçli nomzodlar böladi. Biri general, ikkinçisi gubernator», — dedi Lukaşenko.

Avvalroq Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Tixanovskaya 2021 yilda mamlakatda yangi prezident saylovi bölib ötişiga umid bildirgandi.

Lukaşenko saylov töğrisida gapirarkan, öğillari prezidentlikka da'vo qilmasligini bir neça marta ta'kidlagan.

Vladimir Karanik ilgari mamlakat soğliqni saqlaş vaziri bölib işlagan. 2020 yil avgustda Grodno oblasti gubernatori etib tayinlangan.

Yuriy Karayev 2012 yildan 2019 yilgaça içki işlar vazirining örinbosari, keyinroq vazir sifatida faoliyat körsatgan. 2020 yil iyunda Grodno oblasti böyiça Lukaşenkoning maslahatçisi etib tayinlangan.