Indoneziyaning oliy musulmon kengaşi juma kuni AstraZeneca vaksinasi tarkibida çöçqaning oşqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergan, lekin preparatni faqat pandemiya şaroitidagina favqulodda qöllaşni ma'qullagandi.

Bugun, 21 mart kuni AstraZeneca'ning Indoneziyadagi vakili Rizmon Abudayri şu masalada bayonot berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Bu vektor virusli vaksinani işlab çiqariş jarayonining heç bir bosqiçida çöçqa yo boşqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmaydi, bu kabi unsurlarning işlab çiqariş jarayonlariga aloqasi yöq », – deyiladi rasmiy çiqişda.

Indoneziya Oziq-ovqat va dori-darmon agentligi hali masala yuzasidan izoh berganiça yöq.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Indoneziyada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1,4 milliondan oşgan, 40 mingga yaqin qurbon berilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonga xalqaro hamjamiyat tomonidan 2,6 million doza CoviShield vaksinasi bepul taqdim etilişi kutilyapti. Bu – AstraZeneca vaksinasining Hindistonda işlab çiqarilgan muqobili. 17 mart kuni uşbu vaksinaning 660 ming dozadan iborat birinçi partiyasi olib kelindi.