Rossiyaning AQŞdagi elçisi Anatoliy Antonov Vaşingtonni tark etdi va Moskvaga uçiş uçun Nyu-Yorkka yöl oldi, deb xabar bermoqda TASS.

Ma'lumot berilişiça, u Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan Moskvaga parvoz qiladi.

Antonov 17 mart kuni Moskvaga çaqirilgandi. Rossiya taşqi işlar vazirligining bildirişiça, u AQŞ prezidenti Jo Bayden jamoasining işini tahlil qiliş maqsadida maslahatlaşuvga çaqirilgan. 

Avvalroq Jo Bayden AQŞdagi saylovlarga ehtimoliy aralaşuvi tufayli Rossiyani javobgarlikka tortmoqçi ekanligini aytgandi.

 U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlaşganini ma'lum qilgan va Putin aybdor bölsa, «badal tölaşi»ni qöşimça qilgandi.