“Madaniy ösimliklar genetik resurslarini saqlaş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, qonunning maqsadi madaniy ösimliklar bilan işlaş faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Şuningdek, qonun madaniy ösimliklar genetik resurslarini, şu jumladan ular yovvoyi şakllarini madaniy ösimliklar milliy genofondi sifatida hozirgi va kelajak avlodlar uçun barqaror saqlaşga qaratilgan bölib, uni har tomonlama örganiş va oziq-ovqat işlab çiqariş, qişloq xöjaligi, boşqa tadbirlar, ilmiy-tadqiqot va seleksiya işlari uçun ösimlik materiallariga bölgan ehtiyojni barqaror qondiriş, yuqori sifatli oziq-ovqat va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari yaratiş, davlatning oziq-ovqat, ekologik va biologik resurslar xavfsizligini oşiriş nazarda tutilgan.
Qonun madaniy ösimliklar va ular yovvoyi şakllarining tabiiy yaşaş muhitida ösadigan va kolleksiyalarda saqlanadigan genetik resurslarini yiğiş, saqlaş, örganiş va ulardan foydalaniş jarayonida yuzaga keladigan huquqiy, iqtisodiy va taşkiliy munosabatlar asoslari, şartlari va tartibini belgilaydi. Şuningdek, ular bilan boğliq bölgan maxfiy bölmagan ma'lumotlar va bilimlar hamda ulardan foydalaniş natijasida olingan foyda teng taqsimlanişini tartibga soladi.
Madaniy ösimliklar va ular yovvoyi şakllarining genetik resurslarini yiğiş, saqlaş, tadqiq etiş va ulardan foydalaniş sohasini huquqiy tartibga soliş konstitutsiya, uşbu qonun, qonunlar va davlat xalqaro konvensiyalari hamda şartnomalari, xalqaro huquq normalari va umume'tirof etilgan prinsiplari bilan mos ravişda, davlatning boşqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladi.
Agar Özbekiston xalqaro şartnomasida madaniy ösimliklar genetik resurslarini saqlaş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, unda xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.
Madaniy ösimliklar genetik resurslari obektlariga quyidagilar kiradi:
- yovvoyi va begona öt turlari - madaniy ösimliklar şakllari;
- an'anaviy agroekotizimlarda foydalaniladigan qadimiy mahalliy navlar;
- seleksion navlar (ekiladigan, foydalanişdan çiqarilgan va tavsiya etilgan navlar milliy kataloglariga kiritilmagan);
- seleksion tizmalar, manbalar va qimmatli xöjalik belgili donorlar;

















