Özbekistonliklar sönggi haftani yana koronavirusdan xavotirda ötkazdi. Xuddi ötgan yilgidek, mart oyining örtasida koronavirus balosi yana boş kötargani köpçilikni öylantirib qöydi.
Xöş, qat'iy karantin qayta yölga qöyiliş ehtimoli qay darajada? Agar karantin qaytarilsa, oldingi usullar qöllaniladimi? Şu va boşqa savollarga javob oliş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari Nurmat Otabekov bilan suhbatlaşdik.
– Nurmat Satiniyazoviç, bugun köpçilikni qiynayotgan savol – qat'iy karantinga qaytiladimi? Agar qaytilsa, undagi çoralar ötgan yildagidek böladimi?
– Bugungi kunda karantin qoidalarini ötgan yilgidek qat'iy va keskin darajada qayta tiklaşga biror asos yöq. Sababi, kasallaniş körsatkiçlari sönggi 3 oy içida past darajalarda bölib keldi, hozir birmunça yuqori bölsa ham, bu karantin çeklovlarini kuçaytirişga asos böladigan darajada emas. Negaki kasallaniş asosan Toşkent hududida köproq qayd etilyapti.
Kasallanganlar orasida bolalar uluşi ortyapti. Ötgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanişlar orasida bolalar uluşi 5-7 foiz bölsa, hozirgi kunda bu körsatkiç 25 foizdan ortib ketdi.
Şuning uçun ham Toşkent şahrining ayrim tumanlaridagi maktablar ta'limi onlayn tartibiga ötkazildi. Hozir ta'til davom etyapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqaliş zanjirini uzişga muvaffaq bölişni rejalaştiryapmiz. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga özgarmasa, ta'tillar muddatini uzaytiriş masalasini öylab köramiz.
Bir narsaga aniqlik kiritib olişimiz kerak – karantin hali bekor qilingani yöq, eng muhim va birlamçi himoya usullari hamon amalda. Şunçaki, biz özimizni juda böş qöyib yubordik, koronavirus hamon yonimizda ekanini unutdik, özimizni göyo kasallikdan qutulgandek tuta boşladik. Bu esa natijasini bermay qolmadi – kasallikka çaliniş hollari köpaya boşladi.
Ana şunday paytda Maxsus komissiya qaroriga binoan epidemik vaziyat murakkablaşa boşlagan Toşkent şahrida karantin çoralari yana bir bor eslatib qöyildi. Bu eslatmalarni ötgan yilgidek qat'iy karantinga qaytiş deb baholaş noörin.
Endi ötgan yil bilan boşqa jihatlarni soliştiradigan bölsak, 2020 yilda koronavirus nafaqat bizga, balki butun insoniyatga noma'lum kasallik edi, uni samarali davolaş, çeklaş va himoyalaniş usullari töla örganilmagan edi. Bu yilga kelib ham tibbiyot tizimi, ham aholi koronavirus xavfini yaxşi tuşunib oldi va undan himoyalaniş çoralarini ham yaxşi biladi.













