Köplab yirik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi bloklab qöyilgan AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp öz ijtimoiy tarmoğini işga tuşirişni rejalaştirmoqda.
Trampning maslahatçisi Jyeyson Millerning ta'kidlaşiça, sobiq prezident ijtimoiy tarmoqlar hududiga “öyin qoidalarini butkul özgartiradigan” özining şaxsiy ijtimoiy tarmoği bilan qaytadi. Millerning aytişiça, bu 2-3 oydan keyin yuz beradi.
Mart oyida 2024 yilgi prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligini e'lon qilgan Tramp hozirda Facebook, Twitter va boşqa yirik ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlaridan mahrum qilingan.
Sobiq prezidentning tarafdorlari yanvarda Kapitoliy binosiga hujum qilgandan keyin uning yirik ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklab qöyilgandi. Ijtimoiy tarmoqlar bu qarorlarini zöravonlikning yanada avj olişiga yöl qöymaslik maqsadida qabul qilişgani bilan tuşuntirişgan.
Fevral oyida Miller Tramp ijtimoiy tarmoqlarsiz özini “yanada baxtli his qilayotganini” aytgandi. Uning ta'kidlaşiça, Tramp “adovatga töla” ijtimoiy tarmoqlarda yöqligini ijobiy baholagan.












