“Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida oliy ta'limda fizika fani öqitilişini takomillaştiriş, tögaraklar faoliyati, kadrlar tayyorlaş kabi yönalişlarga e'tibor qaratilişi közda tutilgan.
Qarorga köra, 2021 yil 1 sentyabrdan:
- OTMning “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta'lim yönalişi talabalari örtasida ötkaziladigan respublika fan olimpiadasi ğoliblari va fizika böyiça nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari böyiça qabul parametrlaridan taşqari davlat granti asosida magistraturaga öqişga qabul qilinadi;
- fizika böyiça xalqaro va respublika olimpiadalari ğoliblarini tayyorlagan professor-öqituvçilarga oylik maoşi 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi;
- fizika böyiça talabalar uçun tögaraklar olib borayotgan professor-öqituvçilar oylik maoşiga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq tölanadi.
Şuningdek, 2022–2024 yillarda jami 21ta OTMning fizika fani böyiça öquv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanadi.
2021/2022 öquv yilidan oliy ta'lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslaştirilgan holda öqitiladi.
2021 yil 1 noyabrgaça yoşlar örtasida fizika fanlariga qiziqişni oşiriş maqsadida “Yoş fiziklar portali” işga tuşiriladi.
Şuningdek, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari böyiça kadrlar tayyorlovçi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti taşkil etiladi.
Qaror bilan Milliy universitet, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini beriş vakolati taqdim etildi.











