Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasi «Allm Inc» kompaniyasi bilan videokonferensaloqa formatida muzokaralar ötkazdi. Unda mamlakatda teletibbiyot loyihasini amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Allm Inc» kompaniyasi Özbekistonda maxsus işlab çiqilgan mobil ilova şaklidagi raqamli platforma joriy etiş böyiça pilot loyihani amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Uşbu platforma orqali nevrologlar, kardiologlar, yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassislar, onkologlar va boşqa yönalişdagi şifokorlardan maslahat oliş mumkin böladi. Bildirilişiça, bunday dasturlar koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaşda samarali ekani isbotlangan.

Ayni paytda mazkur platformadan dunyoning 21 mamlakatida foydalanilmoqda. AQŞ, Yaponiya, Yevropa ittifoqi, Braziliyada foydalaniş uçun ruxsat berilgan, Xitoy va Tailandda tasdiqlaş bosqiçida. Dastur BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlari doirasida Yaponiya Içki işlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda

Muzokaralar davomida uşbu loyihani Özbekistonda amalga oşirişning amaliy jihatlari va yapon mutaxassislarining mamlakatga taşrifini taşkil etiş xususida fikr almaşildi.